Putin Erdo‘g‘anga gaz xabini yaratish va narxni belgilashni taklif qildi
Olam
−
13 Oktabr 2022
6161Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning fikricha, Turkiyada tashkil etish taklif etilayotgan gaz xabi gaz narxini aniqlash platformasiga aylanishi mumkin, bu esa bu masalani siyosiylashtirishni istisno qiladi. Bu haqda Putin bugun, 13 oktyabr kuni Ostonada Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan yakkama-yakka uchrashuvda so‘z ochdi.
“Biz birgalikda yaratishimiz mumkin bo‘lgan ushbu markaz faoliyati davomida, albatta, bu nafaqat ta’minot, balki narxni aniqlash uchun platforma bo‘lar edi, chunki bu juda muhim masala – narxlash masalasi”, deydi Putin.
Putinga ko‘ra, bugungi kunda narxlar haddan tashqari qimmat.
“Biz ularni hech qanday siyosiy ohanglarsiz oddiy bozor darajasida osongina tartibga solishimiz mumkin”, deya qo‘shimcha qilgan Rossiya rahbari.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining aytishicha, 12 oktyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan “Rossiya energetika haftaligi” forumida Turkiya energetika vaziri, “Botas” va “Gazprom” rahbariyati bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilgan.
“Men buni ochiq aytdim: agar Turkiyaga va boshqa mamlakatlardagi potensial xaridorlarga qiziqish bo‘lsa, [biz] boshqa gaz quvurlari tizimini qurish va Turkiyada boshqa davlatlarga, birinchi navbatda uchinchi davlatlarga sotish uchun gaz markazini yaratishni ko‘rib chiqishimiz mumkin. Albatta, yevropaliklarga, agar ular bundan manfaatdor bo‘lsalar, albatta”, deb esladi Rossiya rahbari.
Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Turkiya Prezidenti Putinning respublikada gaz xabini yaratish taklifiga juda ijobiy baho berdi.
“Mavzu juda ijobiy qabul qilindi. Bu birgalikda ishlab chiqiladi”, deydi u Erdo‘g‘anning bu taklifga qanday javob bergani haqidagi savolga javoban Peskov.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin “Rossiya energetika haftaligi” forumida gaz markazini yaratish g‘oyasi bilan chiqdi. Uning ta’kidlashicha, Boltiq dengizi tubi bo‘ylab “Shimoliy oqim” orqali yo‘qolgan gaz tranziti Qora dengiz mintaqasiga o‘tkazilishi va shu tariqa Turkiyada Yevropadagi eng yirik gaz xabini yaratish mumkin.
LiveBarchasi