Putin Erdo‘g‘anga Aliyev va Pashinyan bilan o‘tkazilgan uchrashuv haqida ma’lumot berdi
Olam
−
13 yanvar 2021
5529
Avval xabar berganimizdek, Rossiya poytaxti Moskva shahrida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Armaniston Respublikasi Bosh Vaziri Nikol Pashinyan ishtirokida Tog‘li Qorabog‘ masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Undan so‘ng, Putin Erdo‘g‘onga telefon orqali Moskvada - Kremldagi Aliyev va Pashinyan bilan uchrashuvning asosiy natijalari haqida gapirib bergan.
Ma’lum qilinishicha, Erdo‘g‘an Putin bilan suhbatda Rossiyaning Tog‘li Qorabog‘dagi kelishuvning asosiy yo‘nalishidagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Putin va Erdog‘an o‘zlarining suhbatlarida pandemiyaga qarshi kurashga, shu jumladan vaksinalarni birgalikda ishlab chiqarish va ulardan foydalanish rejalariga alohida e’tibor bergan.
LiveBarchasi