Putin do‘stining o‘g‘lini Energetika vaziri etib tayinlashi mumkin – OAV
Olam
−
15 mart
5790Rossiyadagi “Inter RAO” energetika kompaniyasining bosh direktori Boris Kovalchukning vakolatlari tugatildi. Bu haqda kompaniya bayonotiga tayanib, “Interfax” xabar berdi.
Bugun, 15 mart kuni Sankt-Peterburgning sobiq vitse-gubernatori, avval “Inter RAO” guruhining energiya sotuvchi kompaniyalarida ishlagan, shuningdek, “Rosseti Ural”ni boshqargan Sergey Dregval kompaniyaga bosh direktor etib tayinlandi.
Kovalchuk kompaniyani 2009 yildan buyon boshqarib kelayotgandi. Bungacha u “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktorining o‘rinbosari va Rossiya hukumatining ustuvor milliy loyihalar departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.
“Kommersant” gazetasiga ko‘ra, Kovalchukning "ko‘tarilish uchun ketayotgani" haqida prinsipial qaror qabul qilingan.
Nashr manbalariga tayanib, Kovalchukni “Gazprom” yoki “Rosneft” rahbari bo‘lishi, shuningdek, Aleksandr Novak o‘rniga Bosh vazir o‘rinbosari yoki Aleksandr Beglov o‘rniga Sankt-Peterburg gubernatori bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.
“Bloomberg”ning rossiyalik manbalari esa saylovdan keyin Boris Kovalchuk mamlakatning Energetika vaziri Nikolay Shulginov o‘rniga ushbu lavozimga tayinlanishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan.
Boris Kovalchuk “Rossiya” banki va Milliy media guruhi aksiyadori Yuriy Kovalchukning o‘g‘li. Yuriy Kovalchuk esa Prezident Vladimir Putinning do‘sti hisoblanadi. Yuriy Kovalchukning boyligi 2,7 milliard dollarga baholangan. U “Forbes 2023” reytingida Rossiya boylari orasida 49-o‘rinni egallagan.
LiveBarchasi