Putin chet ellik “shpion”larni bo‘g‘uvchi qonunni imzoladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin “Chet el ta’siri ostidagi shaxslar faoliyatini nazorat qilish to‘g‘risida”gi federal qonunni imzoladi.

Hujjatda “xorijiy agent”, “chet el ta’siri”, “xorijiy manba”, “siyosiy arbob” tushunchalariga aniqlik kiritilgan.

Qonunga ko‘ra, chet el agenti - xorijiy ta’sir ostida bo‘lgan va siyosiy faoliyatni amalga oshiruvchi, Rossiya Federatsiyasining harbiy, harbiy-texnik faoliyati sohasida ma’lumotni maqsadli to‘playdigan yoki xabarlar va materiallarni cheksiz odamlarga tarqatuvchi shaxs hisoblanadi.

Shuningdek, an’anaviy oilaviy qadriyatlarni muhofaza qilish, fan, madaniyat, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport, tabiatni muhofaza qilish va xayriya kabi sohalardagi faoliyat siyosiy faoliyat hisoblanmasligi ko‘rsatilgan.

Hujjatda Rossiya fuqarolari yoki xorijiy yuridik shaxslar, yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yurituvchi jamoat birlashmalari, xorijiy tuzilmalar, shuningdek fuqaroligi bor-yo‘qligidan qat’i nazar, jismoniy shaxslar xorijiy agentlar deb tan olinishi mumkinligi ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasining davlat hokimiyati organlari, siyosiy partiyalar, davlat korporatsiyalari va diniy birlashmalar xorijiy agentlar deb tan olinmaydi. Shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan ish beruvchilar birlashmalari va savdo-sanoat palatalari ham xorijiy agentlar deb tan olinmaydi.

Qonun bilan xorijiy agentlarning mavjud to‘rtta o‘rniga yagona reyestri joriy etildi.

Hujjatga muvofiq chet el agentlari bilan bog‘langan shaxslarning reyestri ham tuziladi (agar kimdir chet el agenti tashkilotida ishlagan yoki chet el agentidan pul va mol-mulk olgan bo‘lsa), xorijiy agentlar uchun belgilangan cheklovlar affillangan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Xorijiy agentlarga voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘qitish, ma’rifataprvarlik, tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirish, voyaga yetmaganlar uchun axborot mahsulotlarini ishlab chiqarish taqiqlanadi.

Xorijiy agentlarning davlat mudofaasi va xavfsizligi uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan kompaniyalarga sarmoya kiritish imkoniyatlari cheklanadi.

Qonun 1 dekbardan kuchga kiradi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

159

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing