Putin butunlay aqldan ozgan – Tramp

Olam

image
Rossiya tunda Kiyevga dron va ballistik raketalar bilan hujum qildi north_east

Rossiya tunda Kiyevga dron va ballistik raketalar bilan hujum qildi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi harakatlaridan norozi ekanini bildirdi va Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishi ehtimoli haqida mutlaqo jiddiy o‘ylayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

“Men har doim Vladimir Putin bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lganman, ammo endi u bilan nimadir sodir bo‘ldi. U butunlay aqldan ozgan! U shunchaki odamlarni o‘ldirmoqda. Nafaqat askarlarni, balki oddiy odamlarni ham. Raketalar va dronlar hech qanday sabab bo‘lmasdan Ukraina shaharlari ustiga yog‘dirilmoqda”, deb yozdi Tramp.

U, shuningdek, Putinning maqsadi butun Ukrainani egallash bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

“Men doim u butun Ukrainani xohlaydi deb aytganman, faqat bir qismini emas. Va ehtimol, bu haqiqat bo‘lib chiqadi. Ammo agar u bunday qilsa, bu Rossiyaning qulashiga olib keladi!” dedi Tramp.

Shuningdek, u Rossiyaga nisbatan sanksiyalar joriy etilishi ehtimolini “mutlaqo ko‘rib chiqayotganini” ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, Tramp Ukrainani ham tilga olib, Prezident Vladimir Zelenskiyni tanqid ostiga olgan. Uning fikricha, Zelenskiy mamlakatidagi “muammolarni o‘zi yaratmoqda”.

Qayd etish joiz, ushbu bayonot Trampning avvalgi izohlari bilan solishtirganda keskin ohangda chiqdi. Ilgari u Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ehtiyotkorlik bilan muhokama qilgan va Putin bilan shaxsiy aloqalari yaxshi ekanini urg‘ulagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp 19 may kuni Putin bilan telefon orqali suhbatlashganini va mojaro bo‘yicha murosaga erishish imkoniyatini ko‘rayotganini aytgan edi. Unga ko‘ra, sanksiyalar joriy etilsa, vaziyat yanada yomonlashishi mumkin. Shunga qaramay, u “balki kelajakda sanksiyalar vaqti kelar” deb istisno etmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing