Putin bosh KXSHT davlatlari G‘alabaning 80 yilligini katta tantana qilmoqchi

Olam

image

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) mamlakatlari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligini munosib nishonlashga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 23 noyabr kuni Minskda bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik kengashida ma’lum qildi. 

“Barchamiz, ishonamanki, 2025 yilda Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80 yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘ramiz. Kelgusi yil, 2024 yilda Belarus ozod qilinganining 80 yilligi va Leningrad qamali olib tashlanganining 80 yilligi nishonlanadi”, deydi Rossiya davlati rahbari.

Uning qayd etishicha, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga (KXSHT) a’zo davlatlarning birgalikdagi faoliyati davlatlar va xalqlar birligiga xizmat qilmoqda. 

“KXSHT doirasidagi qo‘shma faoliyat davlatlarimiz va xalqlarimiz birligiga, umumiy tariximiz va yutuqlarimiz xotirasini saqlashga xizmat qilishi juda muhim”, deydi Rossiya Prezidenti. 

Putin tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlik ham kengayib borayotganini urg‘uladi.  

“Rossiya tashabbusi bilan tuzilgan KXSHTning davlatlararo harbiy-iqtisodiy komissiyasi bunda faol ishtirok etmoqda”, deya qo‘shimcha qildi Rossiya rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing