Putin bilan munosabat, “Arsenal”dan ketish va shaxsiy sirlar – Usmonov bilan intervyu
Olam
−
31 yanvar 2020
15615Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Financil Times gazetasiga o‘n yil deganda ilk bor intervyu berdi. U Putin va Abramovich bilan munosabatlar, sanksiyalar va merosxo‘rlari, "Arsenal"dan ketgani va yangi klubga bo‘lgan qiziqishi haqida aytib o‘tdi.
Ma’lum qilinishicha, material muallifi Financil Times Moskva byurosi rahbari Genri Foy Usmonovni Bavera Alplaridagi Tegernceye ko‘lida joylashgan mehmonxonada kutib olgan. So‘nggi daqiqalarda intervyu deyarli bekor qilingan. Unda Usmonov boshidan o‘tkazgan qiyin kunlarini yodga olib: "Rostini aytsam agar siz mening hayotim haqida hamma narsani bilmoqchi bo‘lsangiz, bizga kamida ikki shisha aroq kerak bo‘ladi", degan.
Suhbat besh yulduzli mehmonxonaning restoranida bo‘lib o‘tgan. Bavariya taomining tushlik narxi 288 yevroga tushgan.
Putin va rasmiylar bilan munosabatlar
Usmonov Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan yaqinmi yoki yo‘qmi degan savolga u bilan gaplashib turishini, ammo undan hech qanday shaxsiy topshiriq olmaganini ma’lum qilgan.
"U hech narsaga muhtoj emas. Unga oligarxlar kerak emas, faqat kuchli davlati bo‘lishini xohlaydi”, degan Usmonov Putin haqida.
“Myen o‘z mamlakatim fuqarosiman. Myen uni hurmat qilaman. O‘ylashimcha, bugungi kunda u dunyodagi birinchi raqamli davlat, peshqadamdir... Ammo Putinning maxsus vazifalariga umuman aloqam yo‘q", deb ta’kidlagan milliarder.
Usmonov bu bilan AQSH rasmiylari ba’zi rossiyalik ishbilarmonlarning Kreml nomidan ish olib borishi to‘g‘risidagi bayonotlarini nazarda tutgan. Ya’ni, 2018 yil yanvar oyida AQSH Moliya vazirligi Kongressga “Kreml” deb nomlangan hisobotni taqdim etgan. Unda "Rossiya rahbariyatiga yaqin bo‘lgan yuqori lavozimli Rossiya amaldorlari va tadbirkorlar" ro‘yxati keltirilgan. Alisher Usmonov ushbu ro‘yxatga kiritilgan.
Usmonov o‘zining "oligarx" emasligini ta’kidlagan. Uning fikriga ko‘ra, boyligini davlatga hech qanday aloqasi yo‘q. Chunki u mol-mulkini bozordan sotib olgan, davlat tomonidan xususiylashtirib berilmagan.
“Myen va mening sheriklarim Rossiyada, ikkilamchi bozordan sotib olgan aktivlarning xususiylashtirish jarayoniga bog‘liqlik joyi yo‘q. Hech qachon birov menga biror narsa bermagan”, degan u.
Sanksiyalar...
Usmonov sanksiyalar kiritishlaridan qo‘rqmasligini ta’kidlagan. Chunki u hayotida bundan ham dahshatli narsalarni ko‘rgan. Shunday bo‘lsa-da, bu kabi hol sodir bo‘lsa, u xafa bo‘lishini tan oldi.
“Hayotimda bundan besh battar yomon narsalarni boshimdan kechirganimdan keyin bu sanksiyalardan qanday xavotirda bo‘lay? Men ularga loyiq emasman, ular tadbiq qilinsa, og‘riqli bo‘ladi... Men aralashmayman. Men hech qanday siyosiy masalalarga aralashmayman”, degan Usmonov.
2014 yilda Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi tufayli Federatsiya qarshi sanksiyalar kiritilgandan so‘ng, Usmonov USM xoldingidagi ulushini 58 foizidan 48 foizgacha kamaytirgan.
Milliarderning fikriga ko‘ra, biznesga siyosiy va harbiy kurash vositalarini qo‘llash noto‘g‘ri.
“Rossiya - katta davlat va qaysidir ma’noda supergurt. U o‘z hududi uchun kurashadi. Uning sheriklari buni qanchalik tez anglasa, o‘zlari uchun bitim tuzish shuncha osonroq bo‘ladi. Ishonamanki, millionlab odamlar [men kabi] o‘ylashadi”, degan u.
Futbol haqida
2018 yilning avgust oyida milliarder "Arsenal" futbol klubidagi 30 foiz ulushini jamoani boshqarishda yillar davomida kurashgan milliarder Stiven Kronkoga sotgan.
"Agar biz birga ishlasak, bundan ham ko‘proq natijaga erishamiz. Ammo vaqt hali oldinda, klub yanada katta muvaffaqiyatlarga erishadi va "Arsenal" muxlislari stadionga qaytib kelishadi ", deydi Usmonov “Arsenal” masalada.
Usmonov "Arsenal"ni tark etishini sevgi bilan xayrlashishga qiyosladi.
"Sobiq sevgi bilan qanday kurashsa bo‘ladi? Yangisini topishimiz kerak”, deya kuladi u.
Usmonovning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston siyosiy qudratga ega ekanini inkor qilib bo‘lmaydigan davlat. Ma’lumki, O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev Usmonovga quda tomondan qarindosh. Aytishicha, "yangi prezident va uning jamoasiga yordam berish" maqsadida xayriya loyihalariga "bir necha yuz million dollar" sarmoya qilgan. Mirziyoyevning BMT sammitiga Usmonovning shaxsiy samolyotida uchganida turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. "U to‘ladi [samolyot uchun], bozor narxini tekshirdi va to‘ladi" degan Usmonov.
FT ma’lumotlariga ko‘ra, Angliyaning "Everton" klubi uning uchun yangi ishtiyoqga aylanishi mumkin. Aksiyalarining nazorat paketi Usmonovning hamkori va uzoq yillik do‘sti Farhod Moshiriga tegishli.
Shuningdek Usmonovning ma’lum qilishicha, merosining ellik foiz oilasiga, ellik foiz menejmentiga qoladi.
LiveBarchasi