Putin Asad bilan uchrashdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 25 iyul kuni Kremlda Suriya Prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

“Sizni ko‘rganimdan juda xursandman. Biz uzoq vaqt davomida mintaqadagi bo‘layotgan muammolarni muhokama qila olmadik, endi muhokama qilish imkoniyatiga egamiz. Albatta, mintaqadagi vaziyat qanday rivojlanayotgani haqidagi fikringiz meni juda qiziqtiradi. Afsuski, u yomonlashishga moyil, biz buni ko‘rib turibmiz. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri Suriyaga ham taalluqlidir”,  degan Putin.

O‘z navbatida, Asad ham butun dunyoda va Yevrosiyo mintaqasida ro‘y berayotgan barcha voqealarni inobatga olib, bugungi uchrashuv ushbu voqealar rivojining barcha tafsilotlarini, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan istiqbollar va ssenariylarni muhokama qilish uchun juda muhim ekanini qayd etdi.

Asad oxirgi marta Rossiyaga 2023 yilning mart oyida borgan.

Qayd etish joizki, 2024 yil boshidan buyon matbuotda Asad va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi ilk uchrashuv Rossiyada bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH armiyasi Suriya shimoli-sharqidagi Xasaka viloyatidagi bazasiga 40 nafar qo‘shimcha kuch yuborgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Putin Asad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing