Putin Aliyev va Pashinyanni Rossiyaga chaqirdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyanni Rossiyaga taklif qildi. 

Putin Aliyev va Pashinyan bilan uch tomonlama formatda bir necha bor uchrashganini eslatdi.  

“Men Ozarbayjon Prezidenti va Armaniston Bosh vazirini taklif qilishdan mamnunman, biz sanani kelishib olishimiz va Rossiyaning istalgan joyida, istalgan vaqtda, Sochida, Sankt-Peterburgda, Moskvada uchrashishimiz kerak”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 oktyabr kuni Ozarbayjon Respublikasii Prezidenti Ilhom Aliyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda Ozarbayjon Armaniston bilan uzoq muddatli tinchlikka erishmoqchiligini aytgandi. 

Joriy yilning mart oyida Baku yerevanga ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha beshta asosiy tamoyilni o‘z ichiga olgan takliflarni taqdim etgan edi. Jumladan, davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi, bir-birining chegaralari daxlsizligi va siyosiy mustaqilligini o‘zaro tan olishi, bir-biriga nisbatan hududiy da’volar yo‘qligini tasdiqlash va kelgusida bunday da’volarni qo‘ymaslik majburiyati, kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan voz kechish. Shuningdek, takliflar chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish hamda diplomatik munosabatlar o‘rnatish, transport va boshqa kommunikatsiyalarni ochish hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni ham o‘z ichiga oladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ilhom Aliev Nikol Pashinyan

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing