Putin, Aliyev va Pashinyan o‘rtasidagi muzokaralar uch soat davom etdi

Olam

image
Qorabog‘da 30 yil qotgan qon yoxud Ozarbayjon qanday g‘alaba qildi? north_east

Qorabog‘da 30 yil qotgan qon yoxud Ozarbayjon qanday g‘alaba qildi?

Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin va Ilhom Aliyev, shuningdek, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning Sochida bo‘lib o‘tgan uch tomonlama muzokaralari nihoyasiga yetdi, ular taxminan uch soat davom etdi, deb ma’lum qildi RIA Novosti agentligiga Rossiya davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

“Ha, uch tomonlama uchrashuv tugadi”, deydi Peskov.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar, xususan, Qorabog‘ mojarosi hududidagi vaziyat va uni hal qilish yo‘llarini muhokama qildilar, shuningdek, o‘tgan yil davomida uni barqarorlashtirish bo‘yicha qilingan ishlarga baho berdilar. Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarining muzokaralari Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish deklaratsiyasi imzolanganining bir yilligiga to‘g‘ri keldi va Rossiya tomonining tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil sentyabr oyi oxirida Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlar avj oldi, bu uzoq muddatli mojaroning davomiga aylandi va tinch aholi vakillarining qurbon bo‘lishiga olib keldi. 

Tomonlar sulh tuzishga bir necha bor urinishdi, biroq 10 noyabrga o‘tar kechasi erishilgan uch tomonlama kelishuv muvaffaqiyatli bo‘ldi va 44 kun davom etgan harbiy harakatlar to‘xtadi. Moskva vositachiligida Ozarbayjon va Armaniston o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga, o‘z pozitsiyalarida qolishga, asirlar va o‘lganlarning jasadlarini almashishga kelishib oldilar. Bundan tashqari, urushlararo davrda tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi nazoratida bo‘lgan Kelbajar va Lochin rayonlari, shuningdek, Agdam rayonining bir qismi Bokuga o‘tdi. Rossiya tinchlikparvar kuchlari esa mintaqada, jumladan, Lochin koridoriga joylashtirilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

205

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing