Putin Aliyev va Pashinyan bilan uchrashadi – OAV

Olam

image
0:00
0:00
download

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiyada uchrashib, Prezident Vladimir Putin ishtirokida uch tomonlama muzokaralar o‘tkazishi mumkin. Uchrashuv haqida “Vedomosti”ning diplomatik manbasi ma’lum qildi.

Nashrning yana bir manbasi bunday muzokaralar oktyabr oyining so‘nggi kunlarida bo‘lib o‘tishi mumkinligini, ularni o‘tkazish uchun asosiy joylar sifatida Moskva va Sochi ko‘rib chiqilayotganini ta’kidladi.

“Katta ehtimol, Sochi tanlanadi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, 25 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sochida “Valday” munozara klubining yalpi majlisida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ilhom Aliev Nikol Pashinyan

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing