Putin Aliyev bilan Qorabog‘ masalasini muhokama qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 3 sentyabr kuni ozarbayjonlik mavqedoshi Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Suhbatda Janubiy Kavkazdagi hozirgi vaziyat atroflicha muhokama qilindi. 

Armaniston-Ozarbayjon chegarasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash, mintaqada iqtisodiy va transport aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlar muhimligi qayd etilgan. Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarining 2020 yil 9 noyabr, 11 yanvar va 2021 yil 26 noyabrdagi asosiy uch tomonlama kelishuvlarini izchil amalga oshirish niyati tasdiqlangan. 

Ilhom Aliyev 31 avgust kuni Bryusselda Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Yevropa kengashi prezidenti Sharl Meshil bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida ma’lumot bergan. 

Shuningdek, ikki tomonlama kun tartibidagi ayrim amaliy masalalar, jumladan, savdo-iqtisodiy, energetika va gumanitar sohalardagi masalalar ko‘rib chiqilgan. 

Aloqalarni davom ettirishga kelishib olingan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 sentyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan 31 avgust kuni Belgiya poytaxti Bryusselda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel vositachiligida muzokara o‘tkazdi va navbatdagi uchrashuvni noyabr oyida o‘tkazishga kelishib oldi.

Uchrashuv davomida miq etmagan Pashinyan oradan ikki kun o‘tib, Tog‘li Qorabog‘ maqomi masalasi aniqlanmaguncha, Qorabog‘ mojarosining yechimi haqidagi bayonotlar o‘rinsiz ekanini aytib chiqdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ilhom Aliev Qorabog'

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing