Putin Aliyev bilan Qorabog‘ kelishuvlarining bajarilishini muhokama qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 12 dekabr kuni ozarbayjonlik mavqedoshi Ilhom Aliyev bilan Baku, Yerevan va Moskva o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. 

Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari oxirgi marta 26 va 22 noyabr kunlari telefon orqali gaplashgan. So‘ngra davlat rahbarlari uch tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish, Armaniston-Ozarbayjon chegarasida xavfsizlikni ta’minlash va Janubiy Kavkazda transport aloqalarini tiklash masalalarini ham muhokama qilgan. 

“Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarining 2020 yil 9 noyabr, 2021 yil 11 yanvar va 26 noyabr va joriy yil 31 oktyabrdagi kelishuvlarini amalga oshirishning ayrim amaliy jihatlari, jumladan, Janubiy Kavkazda iqtisodiy va logistika aloqalarini tiklash rejalari, muhokama qilindi”, deyiladi xabarda. 

Kreml keyingi aloqalar haqida ham kelishib olinganini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga Ozarbayjon hududida vaqtincha joylashgan Rossiya harbiy kontingenti faoliyati munosabati bilan norozilik notasini topshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ilhom Aliev

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing