Putin AQSHning katta xatosini aytdi
Olam
−
14 Oktabr 2021
22108AQSH dollardan sanksiya vositasi sifatida foydalanib, katta xato qilmoqda. Sanksiyalar va AQSH hukumati qarzlarining tez o‘sishi dollarga putur yetkazmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Amerikaning CNBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“Menimcha, AQSH dollarni sanksiya vositasi sifatida ishlatib, juda katta xato qilyapti. Bizga mijozlarning pulini dollar bilan yetkazib berishning iloji yo‘q. Bu nimaga olib keladi? Bizda boshqa iloj yo‘q, boshqa valyutadagi hisob-kitoblarga o‘tish kerak”, degan Rossiya rahbari.
Rossiya Prezidentining fikricha, dollar “dunyoning zaxira valyutasi sifatida o‘z mavqeiga putur yetkazmoqda, dollarda hisob-kitoblar hajmi va dunyo davlatlarining dollardagi shaxsiy zaxiralari hajmi kamaymoqda.
“Ammo biz dollarda hisob-kitob qilishdan butunlay voz kechishdan manfaatdor emasmiz. Ammo, agar Amerika hukumatining siyosati men aytganimdek davom etsa, unda biz hech narsa qilishimizga to‘g‘ri kelmaydi, AQSH dollarga bo‘lgan ishonchni pasaytiradi”, deb qo‘shimcha qilgan Rossiya rahbari.
Putin, shuningdek AQSH milliy qarzining asosiy muammosi haqida gapirgan.
“AQSHning milliy qarzi o‘sib bormoqda, Kongress yana davlat qarzining chegarasini oshirishga qaror qildi. Ya’ni, bu nima? Emissiya. Emissiya nima? Inflyatsiyaning o‘sishi. Bu valyutaga bo‘lgan ishonchni pasaytiradigan iqtisodiy sabablar. Albatta, asosiy masala. Bu bizga bog‘liq emas. Biz nima bo‘layotganini diqqat bilan kuzatmoqdamiz, tahlil qilyapmiz va uzoq muddatli manfaatlarimizni ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘ryapmiz”, degan u.
Avvalroq, Putin Afg‘onistonda Iroq va Suriyadan kelgan terrorchilar yig‘ilayotgani, ular Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlaridagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlari mumkinligini aytgandi.