Putin AQSHni “duel”ga taklif qildi
Olam
−
18:28
11952Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qo‘shma Shtatlarga Kiyevga "Oreshnik" raketasi hujumi bilan "XXI asrning yuqori texnologiyali dueli"ni o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda u bugun, 19 dekabr kuni “Vladimir Putin bilan yil natijalari” dasturida ma’lum qildi.
Putin G‘arb havo hujumidan mudofaa kuchlarining bunday zarbani qaytarish imkoniyati yo‘qligini aytdi. U “texnologik eksperiment o‘tkazishni” taklif qildi:
“Agar G‘arb mutaxassislari shunday deb o‘ylayotgan bo‘lsa, bizga va G‘arbda, AQSHda ularga to‘layotganlarga XXI asrning yuqori texnologiyali dueli kabi texnologik tajribani o‘tkazishni taklif qilishsin. Ular yo‘q qilish uchun biron bir nishonni aniqlasin, aytaylik, Kiyevda, barcha havo mudofaasi va raketaga qarshi mudofaa kuchlarini o‘sha yerda to‘plashsin va biz "Oreshnik" bilan u yerga zarba beramiz. Va keling, nima bo‘lishini ko‘rib chiqaylik. Biz bunday tajribaga tayyormiz. Narigi taraf tayyormi? Menimcha, bu biz uchun ham, Amerika tomoni uchun ham foydali bo‘ladi", dedi u.
Bundan tashqari, Vladimir Putin "Oreshnik" "zamonaviy va juda yangi qurol" ekanligini aytdi.
"Faoliyatning har qanday sohasida amalga oshiriladigan hamma narsa avvalgi ishlanmalarga, oldingi yutuqlarga asoslanadi va o‘shandaodamlar oldinga qadam qo‘yadi", dedi u.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, “Oreshnik”ning parvoz masofasi 5,5 ming kilometrgacha yetadi va dunyoda uchirish vaqtida unga yetadigan tizimlar yo‘q. Rossiya Prezidenti Amerikaning raketaga qarshi mudofaa tizimini qimmat va samarasiz deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, 10 dekabr kuni Pentagon raketaga qarshi mudofaa agentligi birinchi marta o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma’lum qilgandi. Bu Tinch okeanining g‘arbiy qismidagi Guam oroli qirg‘oqlarida o‘tkazilgan sinovlar vaqtida yuz berdi.