Putin: “AQSH shaxdam qadamlar bilan SSSR yo‘lidan ketmoqda”

Olam

image

AQSH boshqa davlatlar bilan munosabatlarni qurishda SSSR yo‘lidan bormoqda va uning xatolarini takrorlamoqda. Rossiya Prezidenti Vladimir bugun, 5 iyun kuni Sankt-Peterburgdagi iqtisodiy forum doirasida shunday fikr bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

“Imperiyalar muammosi nimada? Ular o‘zlarini shunchalik qudratli deb his qilishadi-ki, ba’zan alohida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yishga haqli deb hisoblashadi: bularni sotib olamiz, boshqalarni qo‘rqitamiz, ana ular bilan kelishib olamiz, deb o‘ylaydi”, degan Putin.

Lekin Putinning fikricha, asta-sekin ana shunday muammolar yig‘ilib, yig‘ilib “boshqarib bo‘lmaydigan” darajaga yetadi.

“Amerika Qo‘shma shtatlari shaxdam qadamlar bilan Sovet Ittifoqi yo‘lidan ketyapti”, deydi Putin o‘zi ham SSSRda tug‘ilganini va nimalar haqida gapirayotganini yaxshi bilishini ta’kidlagan holda.

Shuningdek Putin, Vashington ochiqchasiga Rossiyaning rivojlanishini cheklashga harakat qilayotganini aytib o‘tdi. Rossiya Prezidenti xulosasiga ko‘ra, ikki davlat orasidagi barcha muammolar - iqtisodiy sanksiyalar ham, Rossiyaning ichki ishlariga aralashishga bo‘layotgan harakatlar ham – ana shu tufayli.

Esatib o‘tamiz, Vladimir Putin Jo Bayden bilan 16 iyun kuni Jenevada uchrashishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Vladimir Putin SSSR

Baholaganlar

748

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing