Putin Afrika bozori tufayli Rossiya “omon qolganini” aytdi
Olam
−
31 yanvar 6729 1 daqiqa
Prezident Vladimir Putin Rossiya harbiy sanoatining eksport rekordini yuqori baholadi. Shuningdek, u Afrikada rus bozori va salohiyatini oshirganini aytdi. Bu haqda kecha, 30 yanvar kuni Putin Kremlda harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qildi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiyada ishlab chiqarilgan harbiy mahsulotlar 30 dan ortiq davlatga yetkazib berilgan va valyuta tushumi 15 milliard AQSH dollardan oshgan. Prezident sektor “murakkab sharoitlarda” ishlayotganini qayd etgan.
“G‘arb mamlakatlarining Rossiya bilan biznes aloqalarini sekinlashtirish yoki to‘sish uchun bosim o‘tkazdi. Ammo bu urinishlarga qaramay, bizning eksport shartnomalarimiz umuman olganda doimiy ravishda bajarildi”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afrika mamlakatlari Rossiya ishlab chiqarishiga alohida qiziqish bildirmoqda.
“G‘arbning bosimiga qaramay, afrikalik sheriklar Rossiya bilan harbiy va harbiy-texnik sohalarda munosabatlarini kengaytirishga tayyorliklarini ko‘rsatmoqda”, dedi Putin.
Rossiya bir qator Afrika mamlakatlari bilan, jumladan, harbiy hamkorlik sohasida aloqalarni rivojlantirib kelmoqda. Rossiya, shuningdek, Mali va Burkina-Fasodagi harbiy ma’muriyatlar bilan munosabatlarni kuchaytirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afrika davlati Buyuk Britaniyani sudga bergani haqida xabar berilgandi. Ruanda hukumati migrantlarini Britaniya qabul qilmagani uchun ayblanmoqda.
Live
Barchasi