Putin 52 nafar mahkum ayolni afv etdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 52 nafar sudlangan ayolni afv etish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda bugun, 8 mart kuni Kreml matbuot xizmati xabar berdi.  

Qayd etilishicha, birinchi navbatda voyaga yetmagan bolalari bo‘lganlar, homilador ayollar, shuningdek, qarindoshlari Ukrainadagi urushda ishtirok etgan ayollar afv etilgan. 

Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidentining mahkumlarni afv etish huquqi mamlakat konstitutsiyasining 89-moddasida ko‘rsatilgan. Qonunga ko‘ra, davlat rahbarining afv etish to‘g‘risidagi farmoni u e’lon qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida viloyat rahbariga, Ichki ishlar vazirligiga, hududiy jazoni ijro etish tizimi organiga va axloq tuzatish muassasasi ma’muriyatiga yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin ayollar afv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing