Putin 2024 yilni Rossiyada Oila yili deb e’lon qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kelasi yilni Rossiya Federatsiyasida Oila yili deb e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi. 

Qayd etilishicha, qaror oilani muhofaza qilish va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash sohasidagi davlat siyosatini ommalashtirish maqsadida qabul qilingan. Rossiya Federatsiyasi hukumatiga 27 dekabrga qadar tegishli tashkiliy qo‘mita tuzish va Mustahkam oila yili bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash topshirilgan. 

Putin Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikovani tashkiliy qo‘mita raisi etib tayinladi. 

O‘z navbatida, viloyat hokimliklariga “Mustahkam oila yili”ni o‘tkazishda Vazirlar Mahkamasiga ko‘maklashish topshirilgan.  

Joriy yilning noyabr oyi boshida Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko davlat rahbariga Rossiyada ikkinchi marta Oila yili deb e’lon qilish va oila manfaatlari yo‘lida Harakatlar milliy strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar yuborish tashabbusi bilan chiqqan edi. 

2007 yildan buyon har yili Prezident farmoniga ko‘ra kelgusi yil ma’lum bir mavzuga bag‘ishlanib, unga jamoatchilik e’tibori qaratiladi. Rossiyada birinchi marta 2008 yilga Oila yili deb nomi berilgan. 2021 yil Fan va texnologiyalar yili, 2022 yil Rossiya xalqlarining madaniy merosi yili bo‘ldi.  2023 yil Ustoz va murabbiylar yiliga aylandi.

Oilaparvar Putinning oilasi yo‘q

Rossiyaning sobiq birinchi xonimi Lyudmila Aleksandrovna Shkrebneva 1958 yil 6 yanvarda Kaliningradda tug‘ilgan. U Putin bilan styuardessa bo‘lib ishlayotgan vaqtida tanishgan. Ular uchrashganidan uch yil o‘tgach, Vladimir Putin unga oila qurishni taklif qilgan. 1985 yilda bu oilada Mariya, 1986 yilda Katerina tug‘ilgan. 2013 yilda Putinlar ajrashganlarini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing