Putin hokimiyatdan ketgan Merkelga sensirab xat yo‘lladi

Olam

image

Bugun, 8 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Angela Merkelga Germaniya kansleri lavozimidagi faoliyati yakunlangani munosabati bilan telegramma yo‘lladi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Putin ushbu murojaatida sobiq kanslerga “samarali hamkorlik va o‘zaro hurmatga asoslangan muloqotga tayyorligi uchun samimiy minnatdorlik” bildirgan. Prezident Merkel bilan “doimiy aloqada bo‘lganini va hatto eng qiyin vaziyatlardan chiqish yo‘llarini topishga harakat qilishganini” eslatgan.

“Sen yillar davomida Germaniya hukumatini boshqarib, haqli ravishda Yevropa va butun dunyoda yuksak obro‘-e’tibor qozonding. Ishonchim komilki, davlat va siyosat arbobi sifatidagi boy tajribangga doim ehtyoj bo‘ladi. Va, albatta, biz do‘stona muloqotimizni davom ettiramiz”, dedi Rossiya rahbari matbuot xizmatida.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 8 dekabr kuni sotsial-demokrat Olaf Shols rasman Germaniyaning yangi kansleri bo‘ldi. Shu tariqa, Merkelning 16 yil davom etgan kanslerlik davri nihoyat tugadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1124

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing