Putin: “Harbiy xizmatga chaqiruv o‘tmishda qoladi”

Olam

geopolitical-battleground-between-Europe-and-Russia

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin armiya chaqiruv erta yo kech yo‘q bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Chaqiruv sekin-sekin o‘tmishda qoladi. Albatta, buning uchun vaqt va yetarlicha moliyaviy mablag‘ zarur”, degan Putin “Energomash” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi xodimlari bilan uchrashuvda.

Rossiya rahbari harbiy texnika va askarlar oldida turgan vazifalarning murakkablashayotgani sababli professional armiyaga ehtiyoj ortib borayotganini ta’kidladi. Putin ba’zi davlatlar askarlarning chuqur kvalifikatsiyani talab qilmaydigan vazifalari ham bo‘lgani uchun to‘liq professional armiyaga o‘tmayotganiga e’tibor qaratgan.

“Tendensiya shunday, biz bundan keyin ham shu yo‘ldan boramiz”, degan Rossiya rahbari.

Putin nutqi yakunida, Rossiyada chaqiruv bo‘yicha harbiy xizmat muddati minimal darajada ekanini eslatib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Rossiyada 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan erkak fuqarolar harbiy xizmatga chaqiriladi. Xizmat muddati 12 oy.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin harbiy xizmat

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing