Putin ham Mirziyoyevni referendum muvaffaqiyatli o‘tgani bilan qutladi

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga konstitutsiyaviy referendum muvffaqiyatli o‘tgani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Uning tabrigi Kreml saytida e’lon qilindi.

“Umumxalq ovoz berish natijalari davlat institutlarini mustahkamlash, fuqarolar huquqlarini himoya qilish va mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz keng qo‘llab-quvvatlanayotganini to‘liq tasdiqladi”, deydi Putin o‘z tabrigida.

Shuningdek, u O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar davlatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi Sergey Lebedev ham Prezident Mirziyoyevni qutlagan edi. Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ham telefon orqali muloqotda Mirziyoyevni Konstitutsiya bo‘yicha referendumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Mirziyoev referendum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing