Pushkinning o‘rnida itga haykal qo‘yiladi

Bu qiziq

image

Ukrainada Kiyev shahridagi mashhur rus shoiri Aleksandr Pushkinning haykali o‘rnida mamlakatning maxsus harbiy operatsiyasi davomida mashhurlikka erishgan Patron laqabli kuchukka haykal o‘rnatish taklif qilindi. Bu haqda “gazeta.ru” nashri xabar berdi. 

Gap shundaki, Patronning og‘irligi taxminan 4 kg ni tashkil qiladi. Bu undan minalarni aniqlash bo‘yicha ishlarda foydalanishga imkon beradi. Chunki bunday tadbirlarda besh kilogrammgacha bo‘lgan hayvonlardan foydalanishga ruxsat beriladi.

Ushbu itni dastlab 2020 yilda Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining Chernigov viloyatidagi pirotexnika guruhi rahbari Mixail Ilev hamkasbidan sotib olgan va o‘g‘liga sovg‘a qilgan. Kunlardan birida uni ishga olib borgan va itning portlovchi moddalarni hidiga qarab aniqlash qobiliyati borligini payqab qolgan.

Dastlab ular Patrondan ko‘rgazmalarda foydalanmoqchi bo‘lgan. Ammo harbiy harakatlar boshlanishi bilan kuchuk Chernigov viloyatidagi hududlarni minalardan tozalash bilan shug‘ullana boshlagan. Ukraina Prezidenti devoni ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 8 mayga qadar Patron 236 ta portlovchi moslamani aniqlashga yordam bergan. 28 may kuni Kannda unga Palm Dog mukofoti topshirildi. 

"Bugun Kannda u [Patron] Palm Dog mukofoti bilan taqdirlandi. Bu to‘rt oyoqli hayvonlarga beriladigan dunyodagi eng nufuzli kino mukofotidir! So‘nggi bir necha oy ichida Patron haqiqatan ham jahon kinoxronikasi yulduziga aylandi. Shu sababli hakamlar hay’ati bir ovozdan bizning dumli pirotexnigimizni ushbu maqomga loyiq, deb hisobladi”, deyiladi Favqulodda vaziyatlar xizmatining xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropadagi eng baland yodgorliklardan biri bo‘lgan “Vatan” haykalidagi sovet gerbi olib tashlanib, o‘rniga Ukrainaning milliy ramzi bo‘lgan uch qirrali nayza (“Trident”) o‘rnatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina it Pushkin Aleksandr harbiy operatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing