Pashinyan Erdo‘g‘an bilan uchrashmoqchi
Olam
−
30 Sentabr 2022 2943 1 daqiqa
Chexiya poytaxti Pragada Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda kecha, 29 sentyabr kuni Turkiya bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralar bo‘yicha maxsus vakil, parlament vitse-spikeri Ruben Rubinyan ma’lum qildi.
“Bunday uchrashuv bo‘lishi mumkin, uning kun tartibi – munosabatlarni normallashtirish jarayoni”, deya Rubinyandan iqtibos keltirgan Armanistonning “Aysor” portali.
Umumiy chegaraga qaramay, Armaniston va Turkiya o‘rtasida diplomatik aloqalar mavjud emas. 2009 yilda Syurixda ikki davlat Tashqi ishlar vazirlari aloqalarni yo‘lga qo‘yish va tamoyillari to‘g‘risidagi protokollarni imzolagan, biroq bu hujjatlar ratifikatsiya qilinmay qolgan. 2018 yil 1 mart kuni Armaniston protokollar bekor qilinganini e’lon qildi.
2021 yilda ikki davlat o‘zaro munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha maxsus vakillarni tayinladi.
Live
Barchasi