“Puling bo‘lmasa, nimangga qurasan?” – Ozarbayjon
Olam
−
08 avgust 2019
8010Armaniston Ozarbayjonning okkupatsiya qilingan hududida – Tog‘li Qorabog‘da “janubiy yo‘nalish” deb, ataluvchi 150 kmli yo‘l qurmoqchi. Bu haqda mamlakat Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan ma’lum qildi. Yo‘lni 2020 yilda qurish rejalashtirilyapti.
Ammo Ozarbayjon tomoni bu ma’lumotlarni bo‘sh gapdan boshqa narsa emas, deb bilyapti. Ta’kidlanishicha, armanlar g‘aznasining ahvoli va “yangi arman inqilobchilari”ga ishonchsiz munosabatdan kelib chiqilsa Armen Grigoryanning bayonotini balandparvoz gapdan boshqa narsa emas.
Grigoryan aytgan yo‘l bo‘yicha arman nashri ham ishonchsiz munosabat bildirgan.
“Siyosiy uydirma Serj Sargsyanga (Armanistonning sobiq Prezidenti) xos edi. Masalan, uchinchi Prezident boshqaruvining turli yillarida Armaniston va Eronni bog‘lovchi temir yo‘l, yangi AES qurilishini va’da qilib, aldagandi. Qonuniyligining manbasi jamiyat ishonchi bo‘lgan inqilobchi hukumat bunday odatni o‘ziga singdirishi mumkin emas”, degan arman nashri.
Ozarbayjon tomoni Armen Grigoryanning bayonotini yanglishib yoki qasddan o‘z Bosh vazirini noqulay vaziyatga qo‘yish deb, baholadi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, Armen Grigoryanning yo‘l haqidagi bayonotiga mamlakatning iqtisodiy holatidan qaralsa, bu loyiha Armaniston uchun juda jiddiy va uni amalga oshirishga davlatning qurbi yetmaydi.
Ma’lumot uchun, ikki Kavkaz mamlakati – Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi mojaro 1988 yilda hududiy e’tirozlar ortidan kelib chiqqan. Armaniston qurolli kuchlari sobiq Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyati va Ozarbayjonning yetti tumanini okkupatsiya qilgan va u yerda etnik tozalash o‘tkazilgan. Bunday siyosat olib borish natijasida, 1 million ozarbayjonlik o‘z yerlari va uylaridan quvilgan. Armaniston Ozarbayjonning 20 foiz hududini okkupatsiya qilgan.
Qayd etilishicha, Armaniston o‘zining okkupatsion siyosati va etnik tozalash alomatlarini yashirish uchun egallab olingan hududda Tog‘li Qorabog‘ Respublikasini tuzdi.
1994 yil may oyida tomonlar o‘q otishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Hozirgacha Rossiya, Fransiya va AQSH raisligi va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan birgalikda samarasiz tinchlik muzokaralari olib borilyapti.
LiveBarchasi