Po‘lat Bobojonov Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tdi
Jamiyat
−
03 mart
14160O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan general-leytenant Po‘lat Razzoqovich Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma’lum qildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallab kelgan general-mayor Aziz Anvarovich Toshpo‘latov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Po‘lat Bobojonov 2017 yildan beri Ichki ishlar vaziri sifatida ishlab kelayotgan edi. Bungacha u Xorazm viloyati hokimi, Buxoro viloyati prokurori, Jizzax viloyati prokurori, Bosh prokuraturaning Soliq va valyuta jinoyatlariga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i, O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
LiveBarchasi