Po‘lat Bobojonov Xorazmda IIVning 10 xodimini lavozimdan oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Xorazm viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar yakuni bo‘yicha Ichki ishlar boshqarmasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov, viloyat hokimi Farhod Ermanov ham ishtirok etdi. 

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, 2019 yil yakuniga ko‘ra Xorazm viloyatida sodir etilgan jinoyatlar soni 2,1 foizga, jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar 0,2 foizga, shu jumladan qotillik, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘irlik, transport vositalari olib qochish va o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari kamaygan.

Yig‘ilish davomida o‘z xizmat vazifalarni bajarishda mas’uliyatsizlik va beparvolik bilan yondashib, xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uchun viloyat IIB Harbiy safarbarlik bo‘limi boshlig‘i R.Xodjiyev, Ekspert-kriminalistika bo‘limi boshlig‘i Q.O‘rinov, Xiva tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D.Madraximov va Hazorasp tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i A.Yusupov va yana 6 nafar profilaktika inspektorlari egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi. Shuningdek, bir qator xodimlarga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Uchrashuv yakunida so‘z olgan viloyat hokimi F.Ermanov yig‘ilishda ta’kidlangan kamchiliklar yuzasidan fikr bildirib, kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha yo‘l xaritalarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Po'lat Bobojonov

Baholaganlar

130

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing