Pul yetishmasligi xotira va miya faoliyatini yomonlashtiradi – tadqiqot

Salomatlik

image

Doimiy moliyaviy qiyinchiliklar 53 yoshga borib fikrlash tezligining pasayishiga va xotira susayishiga olib keladi. Bu haqda olimlarning tadqiqotlariga tayanib, “News-Medical” xabar berdi.

Britaniyalik olimlarning keng ko‘lamli tadqiqoti uzoq muddatli moliyaviy beqarorlik va bosh miyaning tezlashgan qarishi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik borligini isbotladi. Mutaxassislar bir necha o‘n yillar davomida kuzatilgan besh mingdan ortiq kishining ma’lumotlarini tahlil qilib chiqqan.

Aniqlanishicha, 26 yoshdan 53 yoshgacha bo‘lgan davrda muntazam ravishda kambag‘allik va mablag‘ yetishmasligiga duch kelgan odamlar moliyaviy to‘q tengdoshlariga nisbatan verbal xotiraning pastroq ko‘rsatkichlarini va axborotni qayta ishlashning sekinlashganini namoyon etgan. Erkaklarda daromadning jiddiy yetishmasligi fikrlash tezligi bilan bog‘liq eng katta muammolarni keltirib chiqargan.

Bundan tashqari, MRT-skanerlash shuni ko‘rsatdiki, uzoq davom etgan moliyaviy muhtojlik og‘ir bolalik yoki Alsgeymer kasalligiga genetik moyillik bilan birlashganda, gippokampning tezroq atrofiyaga uchrashiga va miya umumiy hajmining kichrayishiga olib keladi. Mualliflar pul tufayli doimiy stress organizmning kognitiv resurslarini keksalik yetib kelguniga qadar ancha vaqt ilgari kamaytirishini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq muzeylar, teatrlar, kino va konsertlarga muntazam borish 50 yoshdan oshgan odamlarning fiziologik qarishini sekinlashtirishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing