“Pul tikish endi yo‘q”. Las-Vegasdagi barcha kazinolar yopiladi

Olam

image

Nevada shtatining Las-Vegas shahridagi barcha kazinolar va boshqa ko‘ngilochish maskanlari bugun, 18 martdan yopiladi. Bu haqda shtat gubernatori Stiv Saysolak ma’lum qilgan.

“Ushbu qaror Nevada shtatidagi barcha kazinolarga taalluqli. Har bir o‘yin apparati shu bugun yarim tungacha yopilgan bo‘lishi kerak”, degan Saysolak.

Gubernatorning so‘zicha, bu kabi chora-tadbirlar pandemiyaning odamlar orasiga yanada keng tarqalib ketishining oldini oladi.

18 mart holatiga ko‘ra, AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 6332 nafarga yetdi. 9 bemor kasallikdan to‘la shifo topgan bo‘lsa, 107 kishi undan vafot etgan.

Dunyoda esa, infeksiya yuqtirib olganlar soni 200 922 nafarga yetdi. 7994 kishi vafot etdi, 82076 bemor tuzaldi.


Maqola muallifi

Teglar

Las-Vegas kazino Nevada

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing