PSJning “xo‘jayini” Neymarning “dumini tugmoqchi”
Sport
−
15 avgust 2022
10453Fransiya terma jamoasi va PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe Parij jamoasi rahbariyatidan braziliyalik futbolchi Neymar Juniorni sotishni so‘ramoqda. Bu haqda “Get French Football News” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘tgan mavsum oxiridan buyon Mbappe PSJ rahbariyatidan braziliyalikdan qutulishni talab qilmoqda. So‘nggi yillarda futbolchilar o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada yomonlashgan.
Qayd etilishicha, Kilian Mbappening Neymarni sotishga ko‘ndirishga urinishlaridan braziliyalikning o‘zi ham xabar topgan. Aynan, shu sababli futbolchilar o‘rtasidagi munosabat keskin yomonlashgan. Mbappe so‘nggi yillarda Neymardan ko‘p narsani o‘rganganiga ishonadi, ammo endi u Lionel Messidan o‘rganishni afzal ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, Fransiya chempionatining 2-tur uchrashuvida PSJ o‘z maydonida “Monpele”ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Kilian Mbappe penaltini aniq amalga oshira olmadi. Ushbu uchrashuvda 23 yoshli futbolchi yetarli darajada o‘zini ko‘rsatmadi va ishtiyoqsiz harakat qildi. Buni anglagan PSJ muxlislari Mbappega nisbatan keskin tanqidiy fikrlar bildirgan.