PSJning erkatoyi Mbappe Messidan norozi

Sport

image

Argentinalik hujumchi Lionel Messi PSJ klubining kiyinish xonasi yetakchisiga aylangan. 35 yoshli futbolchi Parij jamoasida “Barselona”dagi kabi ta’sir kuchiga ega. Bu haqda “Radio Marca” yozmoqda.

Manbaga ko‘ra, Kilian Mbappe va PSJning boshqa ko‘plab futbolchilari kiyinish xonasida Messining yetakchi bo‘lishi Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun yetarli emas, deb hisoblamoqda.

Qayd etish kerakki, ushbu vaziyatga Parij klubi rahbariyatning munosabati qandayligi noma’lum bo‘lib turibdi. Biroq shunisi aniqki, oxirgi kunlarda PSJ atrofida turli xil mish-mishlar tarqalmoqda. Hozircha, jamoa rasmiylari ushbu xabarlarni rad etishdan nariga o‘tgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Lionel Messi PSJ safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi. Messi 2021 yilning yozida “Barselona”ni tark etib, PSJ safiga qo‘shilgandi. 

U “ko‘k anor ranglilar” safida 520 ta o‘yin o‘tkazib, 474 ta gol urgan va 216 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Messi Kataloniya klubi bilan birgalikda 35 ta sovrinni qo‘lga kiritgan va “Oltin to‘p”ning yetti karra sohibiga aylangan.”Transfermarkt” portali 35 yoshli argentinalik futbolchining bozor narxini 50 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Kilian Mbappe

Baholaganlar

419

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing