PSJning egalari portugal klubining aksiyalarini sotib oldi

Sport

image
Arab shayxlari PSJni epaqaga keltirguncha qancha pul “to‘kib-sochgani” ma’lum bo‘ldi north_east

Arab shayxlari PSJni epaqaga keltirguncha qancha pul “to‘kib-sochgani” ma’lum bo‘ldi

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubiga egalik qiluvchi Qatarning “Qatar Sports Investments” (QSI) kompaniyasi Portugaliyaning “Braga” klubining 21,67 foiz ulushini sotib oldi. Bu haqda  “Diario Sport” nashri xabar berdi.

“Qatar Sports Investments” vakillari “Braga”ni moliyaviy va futbol taraflama salohiyatga ega deb hisoblaydi. Yangi aksiyadorlar “Braga”ni Portugaliyaning yetakchi klublaridan biriga aylantirmoqchi.

Qayd etish kerakki, “Braga” Portugaliya chempionatining joriy mavsumida yaxshi ishtirok etmoqda. Klub 9 ta o‘yindan keyin 19 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. “Braga” o‘tgan mavsumda  Portugaliya chempionatini 4-o‘rin bilan yakunlagan.

Ma’lumot uchun, QSI 2011 yildan beri PSJga egalik qiladi. “Qatar Sports Investments” 2005 yilda tashkil qilingan. Hozirda, ushbu kompaniyaga Nosir Al-Xelayfi  rahbarlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ “Qatar Sports Investments”

Baholaganlar

14

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing