PSJ yaponiyalik futbolchi bilan kelishuvga erishdi – Romano
Sport
−
11 avgust 771 1 daqiqa
Fransiyaning PSJ klubi “Parma” darvozaboni Jion Suzukini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, transfer qiymati 35 million yevroni tashkil qiladi.
Ta’kidlanishicha, Suzuki PSJga qo‘shilganidan so‘ng darhol ijaraga beriladi. Futbolchi uchun asosiy da’vogar “Yuventus” bo‘lib turibdi.
Suzuki 2024 yil yozida Belgiyaning “Sent-Tryuyden” klubidan 7,5 million yevro evaziga “Parma”ga o‘tgan edi.
O‘tgan mavsumda yaponiyalik darvozabon 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta gol o‘tkazib yubordi. Shuningdek, u 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Suzukining ayni paytdagi bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.
Live
Barchasi