PSJ Yamalga “Barselona” bilan kelishuvni uzaytirmasligi uchun katta pul to‘lamoqchi
Sport
−
19 mart
2469Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi 17 yoshli “Barselona” va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamalga “ko‘k-anorranglilar” bilan yangi shartnoma imzolamaslik uchun bosim o‘tkazmoqda. Bu haqda “El Nacional” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, parijliklarning rejasi Laminga ayni damda “Real Madrid” sharafini himoya qilayotgan yulduz forvard Kilian Mbappe bilan bir xil moliyaviy shartlar bilan shartnoma taklif qilish. Fransiya klubi yosh ispaniyalik futbolchini ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha klub rekordchiga aylantirishga tayyor.
Yamal 18 yoshga to‘lganida “Barselona” bilan shartnomasini yaxshilangan shartlar asosida uzaytirish ehtimoli yuqori.
17 yoshli Yamalning “Barselona” bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.Ispaniyalik iqtidor egasi joriy mavsumda Kataloniya klubi safida 38 uchrashuvda 13 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali ma’lumotlariga ko‘ra, yosh futbolchining qiymati 180 million yevroga teng.
LiveBarchasi