PSJ ukrainalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Sport
−
06 may 5248 1 daqiqa
“Bornmut” va Ukraina terma jamoasining 22 yoshli markaziy himoyachisi Ilya Zabarniyga Fransiya chempioni “Pari Sen-Jermen” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Sky Sport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, joriy yilning yozida PSJ 30 yoshli jamoa sardori Markinosning ketishi mumkinligini inobatga olgan holda, uning o‘rniga klub allaqachon ikkita potensial yangi futbolchi nomzodini ko‘rib chiqqan. Ulardan biri Zabarniy, ikkinchisi ekvadorlik 21 yoshli markaziy himoyachi, “Bryugge” a’zosi Xoel Ordones.

Zabarniyning klub bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 40 million yevroni tashkil qiladi.