“Liverpul” mavsumni g‘alaba bilan boshladi

Sport

image

Kecha, 15 avgust kuni Angliya Premer-ligasining joriy mavsumdagi ilk turida “Liverpul” “Bornmut” ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. “Enfild”dagi uchrashuv Diogo Jota va uning ukasi Andre Silvaning fojiali o‘limi xotirasiga bag‘ishlangan 1 daqiqalik sukut bilan boshlandi.

Mersisaydliklar o‘yinni yangi mavsumning to‘rtta debyutanti – Jeremi Frimpong, Milosh Kerkez, Florian Virs va Yugo Ekitike bilan boshladi. Hisob 27-daqiqada Aleksis Makallisterning aniq uzatmasidan so‘ng Yugo Ekitike tomonidan ochildi.

Ikkinchi bo‘limning 49-daqiqasida Kodi Gakpo hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Shundan so‘ng, “Bornmut” o‘ziga kela boshladi va ketma-ket ikki bor 64 va 76-daqiqadarda javob gollarini kiritdi. Har ikkala gol muallifi – Antuan Semeno

Uchrashuvning 88-daqiqasida Federiko Keza “Liverpul” uchun muhim golini urdi, qo‘shib berilgan 90+4-daqiqada esa Muhammad Saloh hisobni mustahkamlab, 4:2 ko‘rinishiga olib keldi. Natijada “Liverpul” Premer-liga mavsumini ishonchli tarzda – “Bornmut” ustidan 4:2 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi.

Ma’lumot uchun, bugun, 16 avgust kuni Premer-liga 1-tur uchrashuvlarining 5 ta o‘yini bo‘lib o‘tadi. Shu jumladan, “Manchester Siti” Toshkent vaqti bilan 21:30 da “Vulverxempton” mehmoni bo‘ladi. Uchrashuvda Abdukodir Xusanov maydonga tushishi tahmin qilinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bornmut Liverpul' Angliya Prem'er-ligasi Andre Silva Diogo Jota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing