PSJ uchun qorong‘u kecha: Luis Enrike jarohat oldi, Dembele yana muammoda

Sport

image

Kecha, 5 sentyabr kuni PSJ Bosh murabbiyi Luis Enrike velosipeddan yiqilib, yelkasini sindirib oldi. Shuningdek, jamoaning fransiyalik futbolchisi Usmon Dembele terma jamoa tarkibida Ukraina bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, 54 yoshli ispaniyalik mutaxassis hodisadan keyin tez yordam xizmati tomonidan olib ketilgan. PSJ hozircha uning davolanishi uchun qancha muddat ketishi haqida ma’lumot bermadi.

“Pari Sen-Jermen Luis Enrikeni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildiradi va uning tezroq tuzalib ketishini tilaydi. Klub tez orada qo‘shimcha ma’lumot beradi”, deya bayonot bergan klub.

Qolaversa, kecha, 5 sentyabr kuni Usmon Dembele Fransiya milliy terma jamoasi safida Ukraina bilan bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati saralash o‘yinida o‘zini yomon his qilib maydonni tark etdi. MTJ bosh murabbiyi Dide Desham uni sonning orqa qismi og‘rig‘idan aziyat chekayotgani sababli zaxiraga olgani ma’lum bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, klub shifokorlari Dembelening o‘ng oyog‘ida muammo borligi uchun uni chet el safariga chiqmasligi kerakligi haqida terma jamoani oldindan ogohlantirgan. Shu sabab PSJ Fransiya futbol federatsiyasi hamda Deshamga qarshi jiddiy norozilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy 13 avgust kuni “Pari Sen-Jermen” Angliyaning “Tottenxem” klubini mag‘lub etib, 2025 yilgi UEFA Superkubogiga ega chiqqan edi.

Jahongir Boltaboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

PSJ Usmon Dembele Luis Enrike

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing