PSJ “shahzoda” Mbappening talablarini bajarmagani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi futbolchisi Kilian Mbappe o‘tgan yozgi transfer oynasida jamoaga 4 nafar yangi hujumchi taklif qilmoqchi edi. Bu haqda "RMC Sport" xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli fransiyalik futbolchi Markus Reshford ("Manchester Yunayted"/Angliya), Usmon Dembele ("Barselona"/Fransiya), Robert Levandovski (“Bavariya”, “Barselona”/Polsha) va Janluka Skamakkani (“Sassuolo”/Italiya) jamoada ko‘rmoqchi bo‘lgan. Biroq ushbu futbolchilarning bittasi ham PSJga o‘tishni ixtiyor qilmadi.

Qayd etish joizki, joriy yilning may oyida Mbappe “Real”ga o‘tish taklifini rad etib, parijliklar bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan edi. Albatta, ushbu kelishuv PSJ rahbariyatiga arzonga tushgani yo‘q. Ular Mbappeni dunyoning eng ko‘p ish haqi oluvchi futbolchisiga aylantiribgina qolmay, unga bitim imzolagani uchun ham kattagina bonus taqdim etdi. Qolaversa, 23 yoshli fransuz klubning transfer siyosatiga bevosita aralashish huquqni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Mbappe PSJ safida barcha turnirlar doirasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan. “Transfermarkt” portali fransiyalik iqtidor egasini 160 million yevroga baholamoqda. Kilianning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe

Baholaganlar

336

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing