PSJ “Oltin to‘p” tarixida rekord o‘rnatdi
Sport
−
14:15 498 1 daqiqa
Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi “Oltin to‘p” sovrini tarixida yangi rekord qayd etdi. Bu haqda “The Touchline” nashri xabar berdi.
Avvalroq, “France Football” nashri 2026 yilgi “Oltin to‘p” sovrin uchun da’vogar bo‘lgan 30 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Nomzodlar orasida PSJning 10 nafar futbolchisi – Ashraf Hakimi, Fabian Ruis, Joau Nevesh, Xvicha Kvaratsxeliya, Markinos, Nuno Mendesh, Usmon Dembele, Vitinya, Villian Pacho va Ferran Torres bor. Shu tariqa, parijliklar sovrin tarixida bir yilda 30 talik ro‘yxatga eng ko‘p futbolchi kiritgan klubga aylandi.
Ferran Torres yil davomida PSJ va “Barselona” safida harakat qilgani uchun uning nominatsiyasi har ikki klubga ham tegishli hisoblanadi.
Qayd etish joiz, PSJdan tashqari “Bavariya”, “Real Madrid” va “Barselona”dan 4 nafardan futbolchi 30 talik ro‘yxatdan joy olgan. “Arsenal” 3, “Manchester Siti” esa 2 nomzod bilan keyingi o‘rinlarni egallagan.
PSJ vakili Usmon Dembele esa “Oltin to‘p”ning amaldagi sohibi hisoblanadi. Fransiyalik hujumchi 2025 yilda ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi “Oltin to‘p” taqdimot marosimi joriy yilning 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi