PSJ “Napoli” forvardi uchun 110 mln yevro taklif qildi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi “Napoli” hujumchisi Viktor Osimhen uchun dastlabki taklifni yubordi. Bu haqda GFNI xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Fransiya klubi hujumchi uchun 110 million yevro taklif qilgan, biroq “Napoli” uni qabul qilmagan. Osimhenning agenti Roberto Kalendaga ko‘ra, klub bunday narxga futbolchini qo‘yib yubormaydi. Osimhenning “Transfermarkt” portali tomonidan belgilangan narxi 120 million yevro etib belgilangan.

Hozirda PSJ rahbariyati Osimhen uchun yiliga 12 million yevro maosh va’da qilmoqda. Italiya klubi esa 15 avgustdan keyin parijliklar futbolchi uchun bundan yaxshiroq narx taklif qilishini kutadi. Mazkur transferning amalga oshish ehtimoli juda yuqori hisoblanadi, chunki Parij klubi bosh murabbiyi Luis Enrikening shaxsan o‘zi Osimhenga qiziqish bildirmoqda. 

Ma’lumot uchun, 24 yoshli nigeriyalik futbolchi 2022/23-yilgi mavsum “Napoli” safida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 31 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Napoli PSJ Viktor Osimhen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing