Aguero Messisiz “Barselona”da qolmoqchi emas

Sport

image

Lionel Messining “Barselona”dan ketishi jamoadagi muammolarni yanada avj oldirdi. Boisi, ushbu voqeadan so‘ng, argentinalik Serxio Aguero ham klubni tark etmoqchi. 

Aguero “Manchester Siti”da o‘tkazgan 10 yillik faoliyatidan so‘ng, erkin agent sifatida ikki yillik shartnoma imzolagan edi. 

Ma’lumotlarga qaraganda, Serxio Agueroning “Barselona” variantini tanlashiga 15 yillik do‘sti Messi bilan bir klubda o‘ynash imkoniyati sabab bo‘lgan va kataloniyaliklar safida bunday futbolchilar soni kam emas.  

“Barselona” prezidenti Joan Laporta agar Messi jamoada qolganida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmasligini tan oldi. Qisqacha aytganda, hozirda “Barselona”ni boshqarayotgan shaxslar, jiddiy muammolar oldida turganliklarini to‘la anglab yetmagan. 

Hozirda, Agueroning advokatlari unga taklif qilingan shartnoma bandlarini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, kataloniyaliklar yangi mavsum uchun Memfis Depay, Erik Garsiya, Emerson Royal va Serxio Aguero bilan shartnoma imzolagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Serxio Aguero Lionel' Messi

Baholaganlar

125

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing