PSJ Messi bilan yangi shartnoma imzolaydi

Sport

image
0:00
0:00
download

PSJ hujumchisi Lionel Messi Fransiya klubi bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kelishuv kamida ikki mavsumga mo‘ljallangan. Klub forvardning maoshini oshiradi. Messining shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lishining asosiy sabablaridan biri – boshqa jamoalar bilan jiddiy variantlarning yo‘qligi. “Barselona” argentinalik futbolchiga taklif bilan chiqmagan.

Joriy mavsumda 35 yoshli forvard PSJ safida barcha turnirlar doirasida 21 o‘yinda maydonga tushib, 13 gol urdi va 14 golga assistentlik qildi. 

Messi Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilgi Jahon chempionatida ham g‘alaba qozondi. Finalda Lionel Skaloni shogirdlari Fransiyani mag‘lub etdi (3:3, 4:2 pen.). Shuningdek, Messi 2022 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing