PSJ Mbappening raqamini boshqa futbolchiga bermoqchi
Sport
−
13 iyul 2023 8167 1 daqiqa
Fransiyaning PSJ klubi agar jamoaga portugaliyalik hujumchi Joau Felish kelib qo‘shilsa, unga 7-raqamni bermoqchi. Bu haqda “DefencaCentral” xabar berdi.
Ma’lumki, Parij klubida 7-raqam ostida yarim himoyachi Kilian Mbappe to‘p suradi.
Hozirda PSJ portugaliyalik hujumchining transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Muzokaralar chog‘ida Felishning yangi klubida qaysi raqam ostida to‘p surishi ham muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, Joau aynan Mbappening raqamida to‘p tepmoqchi. Mazkur holat Mbappening shu yozda PSJdan ketishiga ishora bo‘lmoqda. Felish Madridning “Atletiko” jamoasida ham 7-raqamda o‘ynagan. Ayni damda u aynan “Atletiko”da mavsumoldi mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqda.
O‘z navbatida Kilian ham parijliklar bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Fransiyalik futbolchining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr