PSJ Mbappega narx belgiladi, gap “Real”da qoldi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi hujumchi Kilian Mbappe uchun 250 million yevro narx belgiladi. “Real Madrid” aynan ana shu summani to‘lash evaziga futbolchini xarid qilishi mumkin. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hujumchining onasi va agenti Faiza Lamari “Real Madrid” rahbarlarini parijliklar so‘ragan summa haqida xabardor qilgan. Madridliklar buncha pul to‘lamoqchi emas va narxni tushirish niyatida.

Endi vaziyatni o‘z yechimiga yaqin deb hisoblash mumkin, chunki, "Real Madrid” so‘ralgan summani bilib, hujumchi sotib olish imkoniyatidan foydalanishi yoki Mbappe bilan shartnomani kelasi yozda imzolashi mumkin. PSJ rahbariyatining hujumchini Yaponiyadagi mavsumoldi safari uchun tarkibga kiritmaslik qarori foyda bermadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya klubi “Real”ning shartlarini qabul qilishga tayyorligi xabar qilingandi. Parijliklar bu masalani imkon qadar tezroq yopish niyatida.


Maqola muallifi

Teglar

Real Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made