PSJ Mbappega Italiyadan o‘rinbosar topdi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi Italiyaning “Napoli” jamoasi a’zosi Xvicha Kvaratsxeliyaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Il Mattino” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, parijliklar gruziyalik futbolchini Kilian Mbappe ketganidan keyin hujumni kuchaytirishga qodir futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Xvicha xizmatlariga Ispaniyaning “Barselona” klubi ham befarq emas.

Xvicha 100 million yevroga baholangan – agar shunday taklif tushsa, Neapol klubi uni qo‘yib yuboradi. Klub gruziyalik futbolchining shartnomani uzaytirish borasidagi qarorlariga ta’sir o‘tkazishni istamaydi, biroq hozirga kelib Xvichaning o‘zi “Napoli” bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor.

23 yoshli chap qanot himoyachisi joriy mavsum “Napoli” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Napoli PSJ Xvicha Kvaratsxeliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing