PSJ Mbappe transferi bo‘yicha “Real” bilan bog‘landi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi Ispaniyaning “Real” klubi bilan Kilian Mbappe transferi bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda “PSJ Community” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, PSJning qatarlik rahbariyati o‘tgan hafta Mbappening klub bilan shartnomasini uzaytirmaslik qaroridan xabar topgach, Kilianni sotish fikriga kelgan.

PSJ Mbappeni tekinga yo‘qotmoqchi emas va shu sababli Fransiya klubi allaqachon “Real” prezidenti Florentino Peres bilan hujumchini shu yozda sotish yuzasidan bog‘langan. Madrid klubi fransuz yulduzining transferi uchun kattagina summa sarflashga tayyor. PSJ Mbappeni 200 million yevrodan kamiga qo‘yib yuborish niyatida emas.

24 yoshli Mbappe o‘tgan mavsumda PSJning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi va klub bilan Fransiya chempionatida g‘olib bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing