PSJ Mbappe tezroq bir qarorga kelishini xohlamoqda

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi hujumchi Kilian Mbappening kelajagi borasidagi qarorini iloji boricha tezroq eshitmoqchi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mbappe hali faoliyati borasida yakuniy qarorga kelmagan. PSJ fransiyalik hujumchini klub bilan shartnomasini uzaytirishni istamoqda. Parijliklar futbolchiga “Real Madrid” qaraganda anchagina katta maosh taklif qilmoqda.

Futbolchining PSJ bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyunida yakuniga yetadi. Mbappening transfer qiymati 180 million yevroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olish uchun futbolchidan yozma kafolat talab qilgani xabar qilingandi. 

“Qirollik klubi” shu yo‘l bilan 2022 yil voqealarining oldini olishga harakat qilmoqda, o‘shanda Mbappe transferi bo‘yicha faqat og‘zaki kelishuvga erishgan, biroq fransiyalik futbolchi yakunda PSJ bilan shartnomasini uzaytirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing