PSJ Mbappe klubga 150 million yevro to‘lashidan umidvor bo‘lmoqda

Sport

image

PSJ rahbariyati hujumchi Kilian Mbappe “Real”ga o‘tganda bonusining bir qismini klubga to‘lashini kutmoqda. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu summa 100 million yevrodan 150 million yevrogacha bo‘lishi mumkin. Bu hujumchi shartnomasi yakunlanib, tekinga “Real”ga ketganidan keyin fransuz klubini yaxshi moliyaviy holatda qoldirishga yordam beradi.

25 yoshli Kilian Mbappe “Real” bilan shartnomaning yakuniy tafsilotlari bo‘yicha allaqachon kelishib olgan. Shartnoma 2024 yil 1 iyuldan kuchga kiradi. “Qaymoqranglilar” Mbappe bilan shartnoma imzolashni yaqin haftalarda yakunlamoqchi, biroq uning transferini faqat mavsum tugaganidan keyin e’lon qilinadi.

Joriy mavsumda Mbappe barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda qatnashib, 32 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi oxirida Mbappe Yelisey saroyida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan ko‘rishgani xabar qilingandi. 

Ma’lumotlarga qaraganda, uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad Mbappeni PSJ bilan shartnomasini uzaytirishga ko‘ndirish bo‘lmagan. Parij klubi Kilianning mavsum oxirida ketish haqidagi qarorini qabul qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing