PSJ Ikardidan voz kechishga tayyor

Sport

image

PSJ hujumchisi Mauro Ikardi yaqin vaqt ichida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Argentinalik forvard bosh murabbiy Maurisio Pochettino vatandoshini o‘z rejalariga kiritmagan, parijliklar rahbariyati esa futbolchini qishki transfer oynasidayoq sotishga tayyor.

Shu bilan birga, 28 yoshli hujumchi esa 2022 yilning yanvar oyida jamoani o‘zgartirishni istamaydi va mavsum oxirigacha Parij klubida qolishni afzal ko‘radi.

Biroq Ikardiga nomi oshkor qilinmagan Angliya premer ligasining ikki klubi qiziqish bildirayotgani aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, Mauro Ikardining rafiqasi va agenti Vanda Naraning fikriga ko‘ra, agar juftlik ajrashgan taqdirda Ikardi futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavsumda PSJ safida barcha turnirlarda 17 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Futbol PSJ Liga 1 Vanda Nara Ikardi

Baholaganlar

9

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing