PSJ futbolchilari Pochettinodan norozi bo‘lmoqda

Sport

image

PSJ futbolchilari murabbiy Maurisio Pochettinodan norozi ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Sports.fr” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, jamoaning aksariyat o‘yinchilari argentinalik mutaxassisning ish uslubini tushunishmaydi. Murabbiyning uchrashuvlarga yondashuvi va falsafasi futbolchilarga ma’qul emas.

UEFA Chempionlar ligasi nimchorak qinali doirasidagi “Real”ga qarshi o‘yin oldidan parijliklarning kiyinish xonasida shubhalar kuchaymoqda.

Ma’lumot uchun, PSJ Fransiya chempionatining so‘nggi 5 o‘yinida 4 marta durang natija qayd etdi. Jamoa hisobida 20-turdan so‘ng, 47 ochko mavjud va turnir jadvalida 11 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Real PSJ Pochettino

Baholaganlar

44

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing